Muhammad bin Zoid Ol Nahayon BAA prezidenti etib saylandi. U vafot etgan prezidentning ukasi

Muhammad bin Zoid Ol Nahayon BAA prezidenti etib saylandi. U vafot etgan prezidentning ukasi

ABu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib saylandi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.

U 13 may kuni vafot etgan prezident Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning ukasi hisoblanadi.

Oxirgi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmagan, mamlakatni boshqarishni Muhammad bin Zoidga topshirgandi.

Muhammad bin Zoid 1961 yilda Al-Ayn shahrida tug‘ilgan. U ilgari ABu-Dabi ijroiya kengashi raisi va BAA armiyasi bosh qo‘mondoni bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!