Moskva meni hayratda qoldirdi — Taker Karlson

Moskva meni hayratda qoldirdi — Taker Karlson

“Men oldin hech qachon bo‘lmagan, aholisi 13 millionli Yevropaning engkatta shahri Moskva — meni hayratda qoldirdi.

Men buni tasavvur ham qila olmasdim... U juda toza, xavfsiz va chiroyli. Uning arxitekturasi, ovqatlari va xizmatlari AQShning har qanday shaharidagidan yaxshiroq”, - dedi amerikalik jurnalist Dubayda bo‘lib o‘tayotgan umumjahon sammitida.

Shu bilan birga, jurnalist AQShda yashashda davom etishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qilgan.

Karlson Moskvada “Bolshoy teatr”ga, “Ashan" gipermarketi hamda “Vkusno i Tochka” (sobiq MakDonalds) ga tashrif buyurgani ma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!