Modi Putin bilan o‘rtasida muhim muhokama bo‘lib o‘tadi

A A A
Modi Putin bilan o‘rtasida muhim muhokama bo‘lib o‘tadi

The Economic Times'ga ko‘ra, Narendra Modi Moskvaga tashrifi chog‘ida Putin bilan Hindiston va Rossiya o‘rtasida pul o‘tkazmalari mexanizmini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Rossiya banklari SWIFT tizimidan uzilganidan keyin bunday o‘tkazmalarga ehtiyoj ortgan. Chunki Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi savdoning 60 foizi milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda.

Reuters yozganidek, Hindiston tomoni uchrashuvda Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan o‘z fuqarolarini yurtiga qaytarish masalasini ham muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

"Hindistonliklar Rossiyaga daromadli ish va’dalari bilan jalb qilingan va oxir-oqibat ular rus qo‘shinlari safida Ukrainadagi urushda qatnashishga majbur bo‘lmoqda. Urushda kamida to‘rt nafar hindistonlik halok bo‘lgan. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasida mamlakatning 30 dan 40 nafargacha fuqarosi xizmat qilmoqda", deb yozadi Reuters.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Moskvaga ilk tashrifi 8-9 iyul kunlariga mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!