Miyasidan o‘simta olib tashlangan erkakning bo‘yi yarim metrga o‘sdi

Miyasidan o‘simta olib tashlangan erkakning bo‘yi yarim metrga o‘sdi

Avstraliyada o‘simtani olib tashlash operasiyasidan keyin erkakning bo‘yi deyarli yarim metrga o‘sdi. O‘simta miyaning o‘sish uchun mas’ul bo‘lgan qismlarini to‘sib qo‘ygan.

Jeymi Konnolining bo‘yi o‘smirligida juda past bo‘lgan — atigi 125 santimetr. 16 yoshida esa jismoniy rivojlanishning kechikishi ortida jiddiyroq sabab borligi ma’lum bo‘ldi.

Shu vaqt ichida Konollining miyasida sekin o‘sib borayotgan shish paydo bo‘lib, uning rivojlanishi va o‘sishiga to‘sqinlik qildi. Yigit operasiyani boshdan kechirdi, shundan so‘ng u bir necha oy ichida birdaniga 45 santimetrga o‘sdi.

Jeymining miyasida o‘simtaning kichik bir qismi hamon saqlanib qolgan, biroq bu faqat uning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qiladi – u ko‘zoynak taqishga majbur.

"O‘simtaning bir qismi hali ham miyamda, chunki butunlay olib tashlash falajga olib kelishi va meni harakasiz qoldirishi mumkin", — deydi Jeymi Konolli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!