«Missis Rossiya — 2018» tanlovi g‘olibi aniqlandi

«Missis Rossiya — 2018» tanlovi g‘olibi aniqlandi

«Missis Rossiya — 2018» unvonini tverlik Anna Telegina qo‘lga kiritdi, deb yozadi «NTV.ru». G‘olibga maxsus oltindan yasalib, Swarovski toshlari bilan bezatilgan toj kiydirishdi.

Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar sohibalari hamda bir necha qo‘shimcha nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar teleboshlovchilar Dmitriy Dibrov va Arina Sharapova, qo‘shiqchi Sergey Penkin, model Alisa Krilova, gipnozchi Isa Bagirov, sportchi Adam Bakayev va boshqalardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi.

Turmushga chiqqan va farzandli rossiyalik ayollar qatnashadigan «Missis Rossiya» tanlovi 2000 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!