Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida qator tashabbuslarni ilgari surdi:
➖ favqulodda holatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Tashkilotning tizimli hamkorlik platformasini tashkil etish;
➖ Tashkilot doirasida tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ko‘p tomonlama bitimni tezroq ishlab chiqish;
➖ favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirliklar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini keskin faollashtirish;
➖ kutilmagan va og‘ir sinovli paytlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatish mexanizmlarini joriy etish;
➖ Tashkilot doirasida Tabiiy ofatlar monitoringi va tahlili markazini tuzish hamda uni Toshkentda joylashtirish.