Milliy statistika tizimi mutaxassislarining malakasi oshiriladi
“Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–103-son, 13.03.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 har 2 yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini o‘qitib borish imkonini yaratish;
🔹 yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish.
📝 Qarorga bilan Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (Institut) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.
📜 2026 yil 1 apreldan boshlab Institutda quyidagi kurslar tashkil etiladi:
🔸 vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlarini yuritish, statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va ochiq ma’lumotlar portali bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun har 2 yilda shartnoma asosida 48 soatgacha bo‘lgan malaka oshirish kurslari;
🔸 statistika hisobotlarini taqdim etuvchi sub’ektlar, jumladan, tadbirkorlar uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari.
