Migrasiya va personallashtirish sohasi raqamlashtiriladi
“Ichki ishlar organlarining migrasiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 19.01.2026 y.) qabul qilindi.
📋 Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan jismoniy shaxslarga identifikasiyalovchi ID kartalar 1-marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikati bepul beriladi.
🏛 Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:
🔸 chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 identifikasiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🔸 O‘zbekistonga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
📜 2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlarini YAIDXP va davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi:
▪️ xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif qilish;
▪️ fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.
