MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdorlari jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi
Mansabdor shaxslar tomonidan jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan o‘z mansabiga sovuqqonlik bilan qarash, xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish, ish yurituvidagi ijro hujjatlarini asossiz tamomlash oqibatida fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan «S.B» MCHJdan davlat foydasiga 19 mlrd so‘mlik, «P.P» MCHJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilganligi natijasida ushbu soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.
Shuningdek, «SGK» MCHJ dan 26,3 mlrd so‘m, «R.F.P.» MCHJdan 19,4 mlrd so‘m va «YA.M.S.E.T» MCHJdan 1,7 mlrd so‘m davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mazkur korxonalar faoliyat yuritib kelayotgan manzili aniq bo‘la turib, asossiz tamomlangan.
Shu kabi «P.E.E.S» MCHJdan undiruvchi «B.P.T» MCHJning foydasiga jami 1,9 mlrd so‘m, «M.S.» MCHJdan undiruvchi «S.» AJning foydasiga 1,1 mlrd so‘m qarzdorlikarni, qarzdor B.P.dan undiruvchi N.G.ning foydasiga 332 mln so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararni, qarzdor «M.T» MCHJdan davlat foydasiga 6,3 mlrd so‘m va 331 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar mavjud bo‘la turib, asossiz yakunlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish mobaynida to‘plangan hujjatlar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.