Messining klubi "Real Madrid" yulduziga taklif tayyorlamoqda

Messining klubi "Real Madrid" yulduziga taklif tayyorlamoqda

O‘tgan yozda "Inter Mayami" Jordi Alba, Serxio Buskets va, albatta, Lionel Messi kabi mashhur futbolchilarni sotib oldi. Kelajakda MLS klubi yulduz futbolchilarni jalb etishda davom etishni rejalashtirmoqda.

"Inter Mayami"ning maqsadi "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich. Goal xabariga ko‘ra, MLS klubi qishki transfer oynasida 38 yoshli xorvatiyalik futbolchiga taklif bilan chiqadi.

Qayd etilishicha, Modrich butun 2023/2024 yilgi mavsumni "Real Madrid"da o‘tkazmoqchi, ammo uning jamoadagi roli ikkinchi darajali bo‘lib qolsa, xorvatiyalik qishda xorijga ketishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Luka Modrich "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!