Messi "Barselona"ga sensasion qaytish haqida o‘ylamoqda

Messi "Barselona"ga sensasion qaytish haqida o‘ylamoqda

Kataloniya klubi afsonasi Leo Messi qadrdon klubiga qaytishi ehtimoli haligacha saqlanib turibdi. Bu haqda Chempionat.asia xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, argentinalik yulduz "ko‘k-anorranglilar" safiga qaytish borasida jiddiy bosh qotirmoqda. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi kuchini yo‘qotishiga atigi 3 oy vaqt qoldi. Messi hozircha shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Parijliklar buning ustida qattiq ter to‘kayotgan bo‘lsa-da, hozircha hech qanday oldinga siljish kuzatilmagani aytilmoqda.

La Liga vakili moliyaviy qiyinchiliklar bilan o‘ralashib qolgan bo‘lishiga qaramay, ushbu kelishuv sodir bo‘lishi uchun yo‘llarni izlayapti. Hujumchi faoliyati keyingi qismini MLS'da davom ettirishi ehtimoli yuqori edi, biroq endi u Ispaniyaga yo‘l olishi kutilmoqda.

Messining "Pari Sen-Jermen"da qolishga qaror berishi ko‘p jihatdan uning klub kelajakdagi rejalarida qanday o‘rin tutishiga bog‘liq.

Messi joriy mavsumni ajoyib formada o‘tkazmoqda. U shu paytgacha 31 ta o‘yinda "gol+pas" tizimida 35 ochko jamg‘argan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!