Matematika masalalarini surat orqali yechish imkonini beradigan mobil dastur 6 mln dollar investisiya jalb etdi

Matematika masalalarini surat orqali yechish imkonini beradigan mobil dastur 6 mln dollar investisiya jalb etdi

"Photomath" kompaniyasi "Goodwater Capital" va "Learn Capital" fondlaridan 6 million dollar jalb etishga muvaffaq bo‘ldi.

Kompaniya matematika misol-masalalarini yechish imkonini beruvchi "Photomatch" mobil dasturi ustida ish olib bormoqda. Masalan, foydalanuvchi smartfon kamerasini tenglama ustiga olib borsa, "Photomath" uni ishlash yo‘l-yo‘rig‘ini ko‘rsatadi. Servis ham bosma, ham qo‘lyozma misollarni tushunadi.

Xorvatiyaning "Microblink" kompaniyasi "Photomath" servisini ilk bor 2014 yili, matnni tanish texnologiyasi imkoniyati o‘laroq namoyish etgan edi. Keyinchalik bu mobil dastur o‘quvchi va talabalar orasida ommalashib ketdi.

2016 yili loyiha alohida kompaniyaga aylantirildi. Kompaniyaning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida uni "Android" va "iOS" operasion tizimi foydalanuvchilari 100 milliondan ortiq marta yuklab olgan, uning yordamida oyiga 1,2 milliardga yaqin misol va masalalar yechiladi.

Turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!