Mask bu hafta Xitoyga tashrif buyurishi mumkin

Mask bu hafta Xitoyga tashrif buyurishi mumkin

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask shu hafta Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Reuters manbasiga ko‘ra, bu uning so‘nggi uch yil ichida respublikaga birinchi tashrifi bo‘ladi. Balki u Xitoyning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashib, Shanxaydagi Tesla zavodiga tashrif buyurar.

Hozircha Mask kim bilan uchrashishi va u qanday mavzularni muhokama qilishi noma’lumligicha qolmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Tesla'ning AQShdan keyin ikkinchi yirik bozoridir va Shanxaydagi zavod kompaniyaning eng yirik ob’ekti bo‘lib qolmoqda.

Aprel oyida Financial Times o‘z manbasiga tayanib, Mask sun’iy intellekt startapini ishga tushirishi haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!