Markaziy bank “naqd pullar” bo‘yicha banklarga tavsiyalar berdi

Markaziy bank “naqd pullar” bo‘yicha banklarga tavsiyalar berdi

Rossiya Markaziy banki banklar tomonidan naqd pullarni mijozlarga berish va bankomatlarga joylashtirishdan avval pul banknotlarini belgilangan muddatlarda (virusni qog‘ozda yashash davri tugaguncha, ya’ni JSSTga ko‘ra 4-5 kun) saqlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, resirkulyasiya asosida (mijozlardan bir vaqtning o‘zida ham naqd pul qabul qiladigan va ham beradigan, bunda bir mijozdan qabul qilingan banknotlar boshqa mijozlar tomonidan yechib olinishi mumkin) ishlaydigan bankomatlardan naqd pullarni berishni iloji boricha cheklash masalasini qo‘ydi.

Shu bilan birga, bankomatlarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilib borilishi bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu tavsiyalar koronavirus infeksiyasini (COVID-19) naqd puldan foydalanganda tarqalishini minimallashtirish maqsadida berilayotgani ta’kidlab o‘tilgan, Markaziy bank xabarida.

Xabar so‘ngida, banklar o‘z mijozlari e’tiborini to‘lovlarni ustuvor ravishda naqd pulsiz shaklda (onlayn to‘lov, kartalar orqali kontaktsiz to‘lov) amalga oshirishga qaratishlarini tavsiya qilgan.

Hurmatli fuqarolar, to‘lovlarni amalga oshirishda onlayn bank xizmatlaridan foydalaning, naqd pullarni kamroq ishlating, bank kassalarida navbatda turmang!
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!