Markaziy Bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi

Markaziy Bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi

Markaziy bank hududlardagi banklarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, plastik kartalari mavjud fuqarolarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bunga sabab — bank kartalari orqali to‘lovlarni rad etish va terminallar yo‘qligi, plastik kartalardan naqd pul yechib olish imkoniyati cheklanayotganligi.

Quyida banklar ro‘yxati:

1. «Agrobank»
2. «Xalq banki»
3. «Mikrokreditbank»
4. «Milliy bank»
5. «O‘zsanoatqurilishbank»
6. «Ipoteka-bank»
7. «Hamkorbank»
8. «Qishloq qurilish bank»
9. «Aloqabank»
10. «Turonbank»
11. «Savdogarbank»
12. «Ipak yo‘li banki»
13. «Infinbank»

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Markaziy bank bu turdagi sanksiyalarni 15 ta tijorat banklariga nisbatan e’lon qilgan edi (https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/18/central-bank/).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!