Maktabda sovg‘aga... joynamoz berishdi

Maktabda sovg‘aga... joynamoz berishdi

Bola tarbiyasidagi asosiy  xato va kamchiliklarimiz dindan umumiy uzoqlashish oqibatida paydo bo‘lgan desak, xato qilmaymiz. Bolaga  halol-haromni, uvol-savobni, oqu qorani tanish uchun dinga muhtojmiz. Zotan, bolaga dinsiz tarbiya berishga urinish, uni tarbiyadan mahrum qilish demakdir. XIX asrda yashagan mashhur fransuz adibi va faylasufi Viktor Gyugo: “Ta’lim din asosida bo‘lishi lozim, shundagina yaxshi odamlar yetishadi”,  degan edi.

Bugun eshitgan bir xushxabarni sizlarga ulashmoqchimiz. Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birida 11-sinf qizlari sinfdosh yigitlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklashibdi. Sovg‘a odatdan tashqari: har bir bolaga bittadan joynamoz. 

Mashaalloh, qanday ham ajoyib sovg‘a. Alloh shu o‘g‘il-qizlarimizning diliga solganing –  imonlarini ziyoda et, dunyoviy va oxirat ilmlarining olimu olimalari etib yetishtirgin!

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!