Mahmud Murodovning UFC dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodovning UFC dagi navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik yakkarashchi Mahmud Murodov UFC’dagi uchinchi jangini braziliyalik Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jang 14 mart kuni Braziliyada mezbonlik qiladigan UFC on ESPN+ 28 musobaqasi doirasida o‘tkaziladi. Aslida, Antonio Karlosga qarshi Bred Tavares jang qilishi kerak edi, biroq jang bekor qilingan. Tavaresning o‘rnini Mahmud Murodov egallagan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Antonio Karlos UFC’da 11 ta jang o‘tkazib, ularning yettitasida g‘alaba qozongan va o‘rta vazn reytingida 14-pog‘onada bormoqda.

Avvalroq Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobida mag‘lub etgan, keyin esa Trevor Smitni nokautga uchratgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!