Mahmud Murodov Otabek Umarovni anchadan buyon tanishi va o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi

Mahmud Murodov Otabek Umarovni anchadan buyon tanishi va o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi

UFC ustasi Mahmud Murodov Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vise-prezidenti Otabek Umarov bilan ikki yildan buyon tanishligini va uning yordami bilan O‘zbekistonda sport sohasi rivojlanganini aytdi. U bu haqda «Tabloid»ga bergan intervyusida gapirib berdi, deb yozmoqda "TEZNEWS"

Mahmud Murodov shuningdek, bundan oldin O‘zbekistonda sportning rivojlanish uchun hozirgi kabi imkoniyat bo‘lmaganligini ta’kidlagan.

«MMA assosiasiyasining O‘zbekistondagi ulkan hissasi va rivojlanishi uchun Otabekdan minnatdorman. Men sportni boshlaganimda bunday zallar yo‘q edi, qarang, endi mahallalarda ham sport maydonchalari tashkil etilmoqda. Har gal O‘zbekistonga kelganimda men bundan hayratlanaman», — deydi Murodov.

Shuningdek, sportchi o‘zining "Instagram" sahifasida Otabek Umarov bilan birga tushgan suratini joylagan va uning izohiga Umarovga o‘xshagan insonlar tufayli o‘zbek sporti rivojlanib borayotganligini yozib qoldirgan:

«Siz bilan shaxsan tanishganimdan juda xursandman. Sizga o‘xshagan insonlar tufayli o‘zbek sporti rivojlanib bormoqda. Oldimizda ulkan rejalar turibdi va sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan ular albatta amalga oshadi. Sizga sihat-salomatlik tilayaman, va yana bir bor katta rahmat aytaman!»

Bundan tashqari, UFC ustasi suhbat davomida O‘zbekistonga tez-tez kelish istagi borligini ta’kidlagan, ammo ish jadvali zichligi tufayli u bunday imkoniyatga ega emasligini bildirgan. Murodovning aytishicha, u yaqinda mamlakatga ikki oyga kelib, o‘z loyihasi ustida ishlashni rejalashtirmoqda. Ya’ni u 2021 yil bolalar uchun o‘z sport akademiyasini ochish istagida.

Sportchining ta’kidlashicha, u butun O‘zbekiston bo‘ylab sport maktablarini ochishni orzu qiladi, shunda bolalar ko‘proq sport bilan shug‘ullanadi va ijtimoiy tarmoqlarda kam vaqt sarflaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!