Maduro AQShning Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordamini tanqid qildi

Maduro AQShning Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordamini tanqid qildi

Venesuela rahbari Nikolas Maduro AQSh Kongressining Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi qarorini tanqid qildi.

Uning so‘zlari haqida “TASS” xabar bermoqda.

Maduroning fikricha, bu mamlakatlarga harbiy yordam paketlarini o‘tkazish qarori dunyoda ochlik va migrasiya muammolarini inobatga olgan holda axloqqa ziddir.

Venesuela prezidentining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar o‘z manfaatini ko‘zlagan holda tinchlik tashabbuslariga katta mablag‘ ajratmayapti.

“Ular taraqqiyot uchun bir dollar ham bermaydilar, lekin urush uchun 95 milliard dollarni ma’qullaydilar. Nega? Chunki urush imperiyaning katta ishi”, dedi Maduro “Maduro+ bilan” teledasturida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!