12 mart kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Andrey Kelinni chaqirib, Britaniya diplomatlarini ta’qib qilish bo‘yicha "tobora tajovuzkor va muvofiqlashtirilgan kampaniyaga" qarshi norozilik bildirdi. Unga ko‘ra, Rossiya "Moskvadagi Britaniya elchixonasining yopilishiga majburlashda faol harakat qilmoqda".
Qayd etilishicha, vazirlikning yuqori martabali xodimi Rossiya diplomatik missiyasi rahbariga London "Britaniya elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolarini qo‘rqitishga toqat qilmasligi" haqidagi pozisiyasini "ochiq bayon qilgan". Shuning uchun London "tezkor javob choralari" sifatida bir rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga qaror qilgan.
10 mart kuni Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari Britaniya diplomatik missiyasining ikki vakili mamlakatdan chiqarib yuborilayotgani haqida xabar berdi. Federal xavfsizlik xizmati (FSB) ularni "Rossiya xavfsizligiga tahdid soluvchi razvedka va buzg‘unchilik faoliyatida" ayblagan. Diplomatlar akkreditasiyadan mahrum qilingan va ikki hafta ichida Rossiyani tark etishi zarurligi belgilangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.