Lionel Messi bilan bitta selfi narxi ma’lum bo‘ldi

A A A
Lionel Messi bilan bitta selfi narxi ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» klubi hujumchisi hamda sardori Lionel Messi 2025 yil 13–15 dekabr kunlari Hindistonda o‘tadigan tur doirasida har bir uchrashuv uchun 107 ming dollargacha daromad ko‘radi, deb xabar bermoqda Championat.com nashri.

Bu haqda Hindistonning NDTV Profit nashri ma’lum qildi.

Janubiy Amerika forvardi tur doirasida uchta shaharga — Kalkutta, Mumbay va Deliga tashrif buyuradi. Sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibini ko‘rishni istaganlar uchun odam soniga qarab turpaketlar tayyorlangan. Masalan, argentinalik yulduz bilan uchrashishni istagan bir muxlis 11 ming dollar to‘laydi, to‘rt nafarlik oila uchun bu summa 28 ming dollarni tashkil etadi, 10 nafardan iborat guruh uchun esa 107 ming dollarga tushadi.

Paket narxiga Messi bilan uchrashuv, suratga tushish imkoni, Argentina terma jamoasi futbolkasining avtografli nusxasi, shuningdek, hujumchining ko‘rgazmali penaltilar seriyasini tomosha qilish va kechki ovqat kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.

Urush oqibatlari: Rossiya g‘allasi Qozog‘istonnikini siqib chiqarmoqda

Қозоғистон фермерларига Россия ғалласи сабаб жаҳон бозорларида рақобат