Liftdagi dahshat! Soniyalargina qizni ayanchli o‘limdan qutqarib qoldi (video)

Liftdagi dahshat! Soniyalargina qizni ayanchli o‘limdan qutqarib qoldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz holat aks etgan video tarqaldi.

Mehmonxonalardan birida ishlaydigan ikkita ayol lift orqali yuqoriga ko‘tarilishga qaror qilishadi. Liftga kirishgach, lift yuqoriga ko‘tarilavermaganini ko‘rgan ayollar bezovtalanishadi. Ulardan biri esa nega bunday bo‘layotganini tekshirib ko‘rish uchun tashqariga chiqishga qaror qiladi. U liftdan chiqayotganida esa lift o‘z-o‘zidan harakatlana boshlaydi. Boyagi qiz esa mo‘’jiza tufayligina liftdan chiqishga ulguradi. Bu haqda "Metro" yozmoqda.

Voqea 11 avgustda yuz bergan. Ammo negadir endi tarqaldi. Afsuski, liftdagi nosozlik tuzatilganmi, yo‘qmi, noma’lum.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!