Levandovski: "Messi nega menga ovoz bermadi? O‘zidan so‘rang"

Levandovski: "Messi nega menga ovoz bermadi? O‘zidan so‘rang"

«Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun ovoz berishda Lionel Messini tanlagani haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Argentinalik hujumchi esa Neymar, Kilian Mbappe va Karim Benzemaga ovoz bergan.

«Oltin to‘p» marosimidan so‘ng Messi aytgan gaplarni eslasangiz, u sovringa men munosib ekanligimni aytgandi.

U nega menga ovoz bermadi? Buni o‘zidan so‘rang. Bu uning qarori, men uni hurmat qilishim kerak. Undan jahlim chiqqani yo‘q”, — dedi Levandovski.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski FIFA talqini bo‘yicha yil futbolchisi deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!