Leonardo Di Kaprio “Apple”ning yangi filmida suratga tushdi  

Leonardo Di Kaprio “Apple”ning yangi filmida suratga tushdi  

Amerika kompaniyalari Apple va Paramount Pictures Corporation rejissyor Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” (Ubiysi svetochnoy luni) filmini yaratishda hamkorlik qiladigan bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, Paramount Pictures filmning tarqalishi, Apple esa kartinani moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. O‘zaro hamkorlikdagi loyiha hali oxirigacha tugallangani yo‘q.

Film haqida qisqacha...

Skorsezening yangi filmi mashhur yozuvchi Devid Grannaning bestseller asariga asoslanadi. Asarda Oklaxomada 20-yillarning boshida ro‘y bergan qotilliklar haqida so‘z boradi. Bu yerlar neft qazilmasiga boyligi sabab qotillar mahalliy osejlar qabilasini shavqatsizlarcha qirib yuborishadi.

Filmda bosh rollarni Robert De Niro va Leonardo Di Kaprio ijro etgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!