Lavrov Armanistonning KXSHTdan chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Lavrov Armanistonning KXSHTdan chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Erevanning KXSHTdan chiqish imkoniyati haqidagi bayonotlari suveren tanlovdir, ammo Moskva “vaqtinchalik ma’muriyatlar” Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi aloqalarni buzmasligiga umid qilmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Sochidagi matubuot anjumanida. RIA Novosti xabariga asosan.

“Agar Armanistonning ba’zi rahbarlari e’lon qilganidek, endi Rossiya va KXSHTdan ko‘ngli qolib, o‘z hamkasblaridan o‘z xavfsizligini mustahkamlashga intilishsa, bu uning suveren tanlovi, Armaniston rahbariyatining tanlovidir. Umid qilamanki, rus xalqi... va arman xalqi o‘rtasida asrlar davomida mavjud bo‘lgan aloqalarni hech qanday vaqtinchalik ma’muriyatlar yo‘q qila olmaydi, — dedi u Valday xalqaro klubi yig‘ilishi yakunida jurnalistlarga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!