Lavrov AQShning Janubiy Afrikadagi elchisiga birovlarning ishiga "burun suqmaslik"ni maslahat berdi

Lavrov AQShning Janubiy Afrikadagi elchisiga birovlarning ishiga "burun suqmaslik"ni maslahat berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Janubiy Afrikadagi elchisi Ruben Brigetining respublika Rossiya armiyasini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab turishi haqidagi bayonotlariga javob berdi.

Janob Lavrov AQSh elchisiga “o‘z joyini bilib yurishni” va Rossiya hamda Janubiy Afrika o‘rtasidagi munosabatlardan chetda turishni maslahat berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Janubiy Afrika “o‘zaro munosabatlarni xalqaro huquq normalari va tamoyillariga to‘liq muvofiq ravishda quradigan suveren davlatlardir”. Sergey Lavrovning ishonchi komilki, AQSh elchilari, "ehtimol, chet el jamoatchiligi oldida ularning imijiga g‘amxo‘rlik qilgani ma’quldir".

“Agar amerikalik yoki xorijdagi boshqa elchiga biror narsa tuyulgan bo‘lsa, unda o‘z o‘rnini bilishi va boshqalarning ishiga aralashmasligi kerak. Qurol yetkazib berish mavzusiga kelsak, yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, biz hech qachon xalqaro me’yorlarni buzmaymiz”, — deydi janob Lavrov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!