Latviya yana 35 nafar rossiyalikning mamlakatga kirishini taqiqladi

Latviya hukumati yana 35 nafar rossiyalikning mamlakatga kirishini taqiqladi.
“RIA Novosti”ning Latviya TIV saytiga tayanib xabar berishicha, “qora ro‘yxat”ga kiritilgan shaxslar orasida SHAMAN (Yaroslav Dronov), Nadejda Babkina, Aleksandr Marshal, teleboshlovchilar Lera Kudryavseva, Yuliya Baranovskaya, jurnalistlar Yuliya Vityazeva, Mixail Shaxnazarov va boshqalar ham bor.
Mart oyi boshida Rossiya Latviya, Litva va Estoniya vakillariga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. 144 kishi, jumladan vazirlar va deputatlar uchun mamlakatga kirish taqiqlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)