“Lacetti” rusumli avtomashina salonida bo‘lgan pul va buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

“Lacetti” rusumli avtomashina salonida bo‘lgan pul va buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Qo‘qon shahar. Fuqaro M.J IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 05 sentyabr kunidan 06 sentyabr kuniga o‘tar kechasi, noma’lum shaxs Huqandiy mavzesi 133-sonli ko‘p qavatli uy oldida qarovsiz qoldirgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi salonidan narxi 1.300.000 so‘mlik antiradar qurilmasi, 13.000.000 so‘m pullari va 2.000.000 so‘mlik “Samsung A3” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.R sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!