Kuvayt Sergeli tumanida zamonaviy intensiv bog‘ barpo etish loyihasini amalga oshiradi

Kuvayt Sergeli tumanida zamonaviy intensiv bog‘ barpo etish loyihasini amalga oshiradi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov boshchiligidagi delegasiyaning Kuvaytga tashrifi tashkil etildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, Al-Kuvaytda o‘tkazilgan O‘zbekistonning investisiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma doirasi bo‘lib o‘tgan tashrif davomida Kuvaytning 20 dan ortiq kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar uyushtirildi.

Jumladan, Gulf General Trading Co. Ltd. kompaniyasi rahbari Iyad Solih va Marafie Group holding korporasiyasi boshqaruv kengashi raisi Abdufattah Ma’rafiy bilan Sergeli tumaniga xorijiy investisiyalarni jalb etish bo‘yicha samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasida Gulf General Trading Co. Ltd. kompaniyasi bilan Sergeli tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalarda zamonaviy texnologik laboratoriya tashkil etish loyihasi bo‘yicha bitim imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!