Korrupsiyaga qarshi kurash: islohotlar tahlili, mavjud muammolar va ularning yechimlari

A A A
Korrupsiyaga qarshi kurash: islohotlar tahlili, mavjud muammolar va ularning yechimlari

Hozirgi kunda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish butun dunyoda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon Iqtisodiy Forumi xalqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiyaviy mablag‘lar dunyo yalpi ichki mahsulotining 5 foiziga to‘g‘ri kelib, bu taxminan 1 trillion AQSh dollarini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2019 yil yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis Senatiga bergan hisobotida, 1 trillion so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari noqonuniy va samarasiz sarflangani ma’lum qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar korrupsiyaning jamiyat rivoji uchun qanchalik katta to‘siq ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev asosli ravishda ta’kidlaganidek, “korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”.

E’tirof etish joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yanada jadal tus oldi. O‘zbekiston 2008 yil 7 iyuldagi Qonun bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010 yilda esa Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi a’zosiga aylandi.

Davlat rahbari SH.Mirziyoyev hali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lib turgan vaqtdayoq korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berdi. Zero, uning tashabbusiga ko‘ra 2016 yil 14 oktyabrda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamaga kiritildi. Keyinchalik, 2017 yilning 3 yanvarida mazkur loyihaga asoslangan holda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu bilan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi 5-moddasida ko‘rsatilgan talablar bajarildi.

Shunday qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining barcha tegishli xalqaro standartlarni o‘z ichiga olgan, zamon talablariga javob beruvchi, xorijiy analoglaridan qolishmaydigan darajadagi qonuniy asosi yaratildi.

Qonunning samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi, shuningdek maxsus organ – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Sohada amalga oshirilgan ishlar samarasi xalqaro doirada ham e’tirof etib kelinmoqda. Zero, mamlakatimiz “Transparency International” xalqaro korrupsiyaga qarshi tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksi (Corruption Perception Index)da 2015-2020 yillarda 19 baldan 26 balga ya’ni, yetti ball yuqorilab, dunyoning 180 mamlakati orasida 2019 yilda 153-o‘ringa, 2020 yilda esa 146-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu ko‘rsatkichlar yuqorida e’tirof etib o‘tilgan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatayotganligini anglatadi.

Ammo, mazkur ko‘rsatkichlar yetarlicha bo‘lmasdan, korrupsiyaga qarshi kurashishdan ko‘zlangan natijaga erishish va bu borada O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilash uchun korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada jadallashtirish lozim. Jumladan, davlat xizmatchilari va fuqarolar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishish ma’lum darajada cheklanmog‘i lozim. Bunda, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish ancha samarali bo‘ladi.

Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, Indoneziyada tashkil etilgan “Korrupsiyaga barham berish bo‘yicha milliy komissiya” Germaniyaning GIZ xalqaro hamkorlik jamiyati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali hamkorlik o‘rnatgan. Ular tomonidan davlat organlari haqida ma’lumot beruvchi “JAGA” ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur ilova 48.000 ta mahalliy hokimiyat organlari, 404.000 ta maktablar va 2.777 ta shifoxonalar haqida ma’lumotlar olish imkonini beradi. Dastur yordamida fuqarolar davlat organlari ularga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ma’lumot berayotganligini tekshirishi mumkin va bu dasturning korrupsiga qarshi kurashishda eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, agar Siz kasalxonaga davolanish uchun yotmoqchi bo‘lsangiz-u, ma’muriyat Sizga joy yo‘qligini aytsa, shu joyning o‘zida ushbu ma’lumotning haqqoniyligini xolis manbadan tekshirishingiz mumkin.

Shuningdek, fuqarolar ilova orqali qaysi masala bo‘yicha qaysi mas’ul organga murojaat qilishlari mumkinligi ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, ilova orqali maktablar, kasalxonalar, ularning byudjet xarajatlari haqida ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, maxsus veb-portal ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unda siyosatchilar va davlat sektori xodimlarining deklarasiya qilingan mol-mulklari haqida onlayn ma’lumotlar joylashtirilgan.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham yuqoridagi kabi zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlarini turli sohalar, shu jumladan sudlar faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, barcha instansiya sudlari faoliyatiga “E-XSUD” hamda “E-SUD” axborot tizimlari hamda markazlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasi joriy etildi. Ushbu tizim asosida barcha instansiya sudlari qarorlarining banki yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) orqali davlat bojlari va sudga murojaat qilishdagi yig‘imlar hisobini yuritish uchun yagona billing tizimi joriy etildi.

Shuningdek, 2019 yil 1 apreldan boshlab, sud kadrlarini tanlab olish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “E-KADR” axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Sudlar faoliyatiga joriy etilgan ushbu yangiliklar fuqarolarning sud organlariga bo‘lgan ishonchini oshiribgina qolmasdan, sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiogen omillarning oldini olishga ham xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, davlat xaridlari sohasi ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etuvchi, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan soha hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda davlat xaridlari vakolatli mansabdor shaxs yoki kollegial organ tomonidan emas, balki inson omili mavjud bo‘lmagan elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi. Bu borada Koreya Respublikasi ham o‘zining ilg‘or va sinalgan tajribasiga ega. Mamlakatda 2002 yildan boshlab, davlat xaridlari “KONEPS” (Korean online electronic procurement system) tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu tizim o‘zida davlat xaridini amalga oshirishning barcha bosqichlarini qamrab olgan bo‘lib, dastur doirasida tender o‘tkazish, shartnoma tuzish, to‘lovlarni amalga oshirish hamda hujjatlar aylanmasi amalga oshiriladi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan standart taqiq va cheklovlar mavjud bo‘lib, mazkur qoidalarning davlat xizmatchilari tomonidan samarali qo‘llanishi ko‘p jihatdan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ta’limga bog‘liq. Xususan, Latviyada antikorrupsiyaviy ta’lim tizimi oliy o‘quv yurtlarida ham, maktablarda ham yaxshi yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Latviya mustaqil o‘quv markazi mavjud.

Shuningdek, Koreya Respublikasida 2008 yil 28 fevralda Fuqarolar huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi (Civil Rights and Anti-corruption Commission) tashkil etilgan bo‘lib, mazkur komissiya tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqadigan alohida bo‘lim mavjud.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishda Yaponiya ta’lim tizimida o‘ziga xos tajriba mavjud bo‘lib, maktabing boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarga yuksak axloqiy ta’lim beriladi. Bunda, o‘quvchilarga vatanni sevish, tabiatni asrash, kattalarga hurmat, o‘zaro iliq munosabat kabi ma’naviy fazilatlar o‘rgatiladi. Bolalarning jadal shakllanishi davrida ularga yaxshi va yomon fazilatlarning o‘rgatilishi ularning kelajakda korrupsiya va boshqa salbiy illatlarga bardoshli shaxs sifatida yetishishlarida muhim o‘rin egallaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishni jazo choralarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda oldini oluvchi va jazolovchi usullar bir-birini to‘ldirib, mukammal tizimni yaratishga xizmat qiladi. Ushbu usulining ijobiy natijalarini ko‘plab xorijiy davlatlar tajribasida ham kuzatish mumkin. Jumladan, AQSh tarixida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan eng shov-shuvli operasiyalardan biri “Shayx va asalarilar” deb nomlanadi. Mazkur operasiya FTBning darsliklaridan “oq yoqalilar” jinoyatchiligiga qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan eng muvaffaqiyatli maxsus operasiyalardan biri sifatida joy olgan.

Maxsus operasiya natijasida to‘plangan hujjatlar va daliliy ashyolar 2 nafar senator, 6 nafar kongress a’zosi va 9 nafar yuqori martabali mansabdorga qonuniy jazo tayinlash uchun sudga topshirilishi qayd etiladi. Shuningdek, matbuot anjumanida ishtirok etgan mamlakat bosh prokurori pora olish jinoyatini sodir etishda gumon qilinayotgan mingdan ortiq mansabdor shaxslar jinoiy qilmishi fosh qilinmasdan o‘z mansablaridan ketishga majbur bo‘lgani haqida bayonot beradi. O‘sha vaqtda, AQSh Adliya vazirligi Federal qidiruv byurosining 23 foiz byudjetini mansabdor shaxslarning “oq yoqalilar” poraxo‘rligiga qarshi kurashish tadbirlariga yo‘naltirishni rejalashtirgan edi. Ammo, maxsus operasiya muvaffaqiyatli yakunlangani natijasida, operasiyasidan so‘ng mansabdor shaxslar tomonidan pora olish jinoyati bir necha o‘n barobarga kamayib ketadi va korrupsiya bilan kurashish uchun rejalashtirilgan byudjet mablag‘larini sarflashga zarurat qolmaydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, istiqbolda bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim. Bunda, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish, yoshlarni korrupsiyaga murosasiz ruhda tarbiyalash, korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni kelgusida muayyan huquqlardan mahrum qilish kabi choralarga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Sardor Suvanov,

Sirdaryo viloyat Guliston tumanlararo

ma’muriy sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.