Koronavirusdan tuzalgan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi: «Bu yomon kasallik ekan»

Koronavirusdan tuzalgan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi: «Bu yomon kasallik ekan»

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari 9 aprel kuni sog‘ayib, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan reabilitasiyaga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘ayib chiqqanlar orasida avvalroq koronavirus yuqtirib olgani aytilgan tibbiyot xodimlari ham bor.

Avvalroq Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlaridan 11 nafari koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi. Ulardan biri — Malohat Nosirova 9 aprel kuni klinikadan chiqarkan, «O‘zbekiston 24» telekanaliga intervyu bergan.

«O‘zimni yaxshi his qilyapman. Ortda qolgani rost bo‘lsin. Bu yomon kasallik ekan. Ehtiyot bo‘lib ishlash kerak ekan. Men bu yerda xodim bo‘lib ishlardim. Bizni shunchalik davolashgani uchun rahmat. Yaxshi qarashdi. Hammamiz sog‘-salomat oilamiz bag‘riga yetib olaylik», — deb aytgan Malohat Nosirova.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev bemorlar bilan ishlash vaqtida koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m miqdorida alohida to‘lov berilishini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!