Koronavirus: Umra ibodatini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi boshlandi

Koronavirus: Umra ibodatini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi boshlandi

SPA davlat axborot agentligining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni hukumati o‘zining fuqarolari va ayni paytda Qirollikda istiqomat qilayotgan chet elliklarning Umra ibodatini amalga oshirishlari uchun ikkinchi bosqichga ruxsat berdi.

Unga ko‘ra, endilikda ibodat qiluvchilar soni ko‘paytirilib, muqaddas joylardagi umumiy odam sig‘imining 75 foizigacha bo‘lgan qismiga kirish mumkin bo‘ladi. Musulmonlarning Makkadagi Masjidul Xaram va Madinadagi Masjidul Nabaviyda ibodatlarni bajarishlariga ruxsat berildi. Shuningdek, endilikda Masjidul Nabaviydagi muqaddas joyda ham namoz o‘qish mumkin.

Saudiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan rejaga binoan, Umraga ruxsat berishning ikkinchi bosqichida 15 ming kishi ushbu ibodatni ado etadi va yana 40 ming kishi muqaddas joylarda namoz o‘qiydi. Bu mazkur hududdagi sig‘imning 75 foizini tashkil qiladi.

Ibodat qiluvchilar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ularning Umrani ado etishlari uchun berilgan vaqt uch soatgacha qisqartirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!