Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi?

Koronavirus pandemiyasi qachon tugaydi?

Sog‘liqni saqlash tizimlariga ortiqcha yuklanish to‘xtatgandan so‘ng, COVID-19 tufayli kasalxonaga yotqizilganlar va o‘limlar soni kamayganda, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlarni avvalgidek to‘liq hajmda ko‘rsatish imkoniyati yuzaga kelganda - o‘shanda, ehtimol, pandemiya endemiyaga o‘zgaradi", - La Vanguardia nashri uning so‘zlarini keltiradi.
Klyuge ta’kidlashicha, hozirda asosiy to‘siqlardan biri - bu ba’zi davlatlarda emlash jarayonining "to‘xtab qolgani", shuningdek, profilaktika choralarining asossiz ravishda zaiflashishi.
"Menda go‘yo hamma nima yuz berganini umuman unutishni boshladi, degan taassurot paydo bo‘ldi. <...> Bir yil oldin butun dunyo iqtisodiyoti to‘xtab qolgandi", - dedi u.
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 250 milliondan oshdi. Hozir eng qiyin vaziyat AQSH, Hindiston, Braziliya va Buyuk Britaniyada. Rossiya ushbu ro‘yxatda beshinchi o‘rinda.
Emlash koronavirusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli bo‘lib qolmoqda. Kasalxonalardagi bemorlarning aksariyati emlanmagan. Sentyabr oyi oxirida BSST SARS-CoV-2dan o‘lim darajasi profilaktik immunizasiyadan bosh tortish bilan bog‘liqligini e’lon qildi..


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!