Koronavirus: Kecha yurtimizda 94 nafar kishida kasallanish qayd etildi

Koronavirus: Kecha yurtimizda 94 nafar kishida kasallanish qayd etildi

2022 yil 6 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241 ming 377 (+94) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 9 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 21 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Jizzax viloyatida 4 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Farg‘ona viloyatida 18 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 26 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 ming 442 (+79) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!