Koronavirus bo‘yicha tadqiqot o‘tkazayotgan 37 yoshli olim o‘lik holda topildi 

Koronavirus bo‘yicha tadqiqot o‘tkazayotgan 37 yoshli olim o‘lik holda topildi 

AQShning Pensilvaniya shtatida koronavirus bo‘yicha muhim tadqiqot o‘tkazayot olim o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi.

Pittsburg universiteti tibbiyot fakulteti tadqiqotchisi bo‘lgan 37 yoshli Bing Liu shanba kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Uning boshiga va bo‘yniga o‘q uzilgan.

Liuning jasadi topilganidan bir soat keyin uning uyidan bir kilometr narida avtomobil ichida yana bir jasad topildi. U 46 yoshli Xao Gu ismli shaxs ekani aniqlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Liu va Gu tanish bo‘lgan. Polisiya Gu tadqiqotchini o‘ldirgandan keyin o‘zini o‘ldirganini taxmin qilmoqda. 

Pittsburg universiteti bayonotida aytilishicha, Bing Liu SARS-CoV-2 bo‘yicha tadqiqot o‘tkazayotgan va infeksiyaning hujayraviy mexanizmlari borasida muhim kashfiyot arafasida edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!