Koronavirus bolalarni chetlab o‘tayotgani rostmi?

A A A
Koronavirus bolalarni chetlab o‘tayotgani rostmi?

Xitoyda tug‘ilgan ikki kunlik chaqaloqda koronavirus aniqlangani haqidagi xabar 5 fevral kuni dunyo bo‘ylab tarqalgandi.

Foto: ISTOCK

U bunday tashxis qo‘yilgan eng kichik bemordir. Kasallik mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, umuman, 60 mingdan ko‘proq odamga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Biroq, kasallar orasida bolalar juda kamchilikni tashkil etmoqda. Ularni sanoqli deyish mumkin.

Xastalanganlarning aksariyati Xitoyda istiqomat qilsa-da, yana 30dan ortiq mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilgan. 

Natijalari Journal of the American Medical Association tibbiy jurnalida nashr etilgan so‘nggi tadqiqotlarning birida aytilishicha, kasallik asosan 40 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan odamlarga ta’sir qilgan. 

«Bolalar orasida yuqtirish holatlari juda kam uchramoqda», — deyiladi tadqiqotda.

Ammo buning sababi nima?

Koronavirus tashqi ko‘rinishidan tojni eslatgani uchun nomi ispanchadagi «corona» so‘zidan olingan / MAGNUM PHOTOS

Kasallikning alomatsiz kechishimi?

Allaqachon ushbu fenomenni izohlovchi ko‘plab tushuntirishlar yangrab o‘tdi, ammo nima uchun bolalarda kasallik tashxisi sezilarli darajada kam qo‘yilayotgani haqidagi savolga mutaxassislar hali aniq javob topa olishmayapti.

«Bizga hozirgacha noma’lum bo‘lib qolayotgan sabablarga ko‘ra bolalar bu infeksiyani yuqtirib olishmaydi yoki kasallik yengil shaklda o‘tadi», — deydi Reding universiteti professori, virusolog olim Ien Jons. 

Bu shuni anglatishi mumkinki, bolalar kasallikka yengilroq shaklda bardosh berishadi, ba’zida alomatlar deyarli sezilmaydi — bunday hollarda, ota-onalar, qoida tariqasida, bolalarini tekshiruvga olib borishmaydi. 

London Universitet kolleji ma’ruzachisi Natali Makdermott ham ushbu talqinga qo‘shiladi.

«Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning immunitet tizimi odatda viruslarga qarshi kurashishga juda yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. Ular yuqtirishi mumkin, ammo kasallik yengil shaklda davom etadi yoki umuman alomatlarsiz o‘tadi», — deydi u. 

Xuddi shunday holat 2003 yilda SARS epidemiyasi tarqalishida ham kuzatilgandi. O‘sha vaqtda virus 800 kishini hayotdan olib ketgandi — barcha yuqtirib olganlarning 10 foizi. SARS ham bolalarni chetlab o‘tgan.

Koronavirus tarqala boshlaganda mamlakatning barcha hududlarida ta’til boshlangan va ta’tillar fevral oyi oxirigacha uzaytirilgan

Ta’tillar sabablimi?

Natali Makdermottning ta’kidlashicha, bolalar orasida ushbu kasallikning past darajada tarqalishi o‘z vaqtida profilaktika choralari ko‘rilgani bilan ham izohlanishi mumkin — maktab va bolalar bog‘chalari virus tarqalishi paytida yopildi, uning boshlanishi esa Yangi yil ta’tillari vaqtiga to‘g‘ri kelgan.

Xitoyning deyarli barcha hududlarida maktab ta’tillari fevral oyi oxirigacha uzaytirildi.

Bundan tashqari, Makdermottning so‘zlariga ko‘ra, kattalar o‘z bolalarini infeksiyadan himoya qilish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishadi. 

«Ota-onalar bolalarni infeksiyaning ehtimoliy yuqishidan himoya qilishmoqda, agar uyda kasal bo‘lsa, ular bolalarni undan ajratishga harakat qilishadi», —  deydi Natali Makdermott.

Uning fikricha, virusning yanada tarqalishida, kasal odam bilan aloqa qilishdan qochish qiyinlashganda, vaziyat yomonlashishi mumkin va bolalar orasida yuqtirganlar soni ko‘payadi, chunki ularni ajratish oson bo‘lmaydi. 

Hozirga qadar koronavirusning tez tarqalishi bolalar orasida kasallanish ko‘payishiga olib kelmadi. 

SARS tarqalishi bilan taqqoslaganda shuni eslash kerakki, AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari tadqiqotchilari 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallikka kamroq moyil bo‘ladi va kasalxonada davolanishga kamroq muhtojlik sezadi, degan xulosaga kelishgan.

Uxanda virusdan zararlanganlarning yarmidan ko‘pini 40dan 59 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi

Koronavirus kattalar uchun xavfliroqmi?

Bolalar orasida koronavirusning tasdiqlangan holatlari kam bo‘lsa-da, mutaxassislar bolalarda koronavirusga qarshi maxsus immunitet mavjudligi haqida gapirishga o‘rin yo‘qligini ta’kidlashmoqda. 

Bolalar orasida koronavirus tarqalishi kamligining ishonchliroq izohi quyidagi dalil bo‘lishi mumkin: kasallikning eng ko‘p uchraydigan asoratlari (masalan, suvchechak) bolalarga qaraganda kattalar uchun ko‘proq xavflidir. Kattalar ushbu asoratlarni og‘ir shaklda boshdan kechirishadi. 

«Bu bolalar koronavirusga qarshi maxsus immunitetga ega, degandan ko‘ra nisbatan mantiqiy tushuntirish», — deydi Kardiff universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Endryu Friman. 

«Bu shifokorlar kasallikning sezilarli belgilari bo‘lmagan va zaif alomatlarga ega bo‘lgan bolalarda virus tashxisi o‘tkazmaganliklari bilan bog‘lanishi mumkin», — deya qo‘shimcha qiladi Friman. 

Oksford universitetining statistik epidemiologiya bo‘yicha mutaxassisi Kristl Donnelli bu fikrga qo‘shiladi va Hongkongda SARS tarqalishini misol keltiradi. 

«Hamkasblarimiz o‘sha vaqtda yosh bolalar ushbu kasallik yengilroq shaklda o‘tkazishadi, degan xulosaga kelishgandi», — deya ta’kidlaydi ekspert. 

40 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirgan, kasallanganlarning aksari - Xitoy aholisi

Surunkali kasalliklar

Biror-bir surunkali kasallikka chalingan katta yoshli inson immuniteti virusni yengishi qiyinlashadi. Qandli diabet yoki yurak-qon tomir tizimi xastaliklari kasallikning yanada jiddiy bosqichiga va jiddiy asoratlarga olib keladi.

«Pnevmoniya (koronavirusning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri) odatda immuniteti zaiflashgan bemorlarda uchraydi. Xuddi shu holat gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda ham sodir bo‘ladi», — deydi Ien Jons.

Ma’lum bo‘lishicha, Uxan kasalxonalarida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning taxminan yarmi surunkali kasalliklar bilan og‘rigan. 

Aslida bolalar infeksiyani yuqtirishi oson emasmi?

Hammaga ayonki, bolalar nafas yo‘llari virusli infeksiyalarini yuqtirishga moyil bo‘lib, tengdoshlari orasida virus tarqalishi manbai bo‘lib xizmat qiladi, deydi Ien Jons. 

Shuning uchun, bizga bolalar viruslar oldida eng zaif ko‘rinadi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bu xavotirni tasdiqlamaydi. 

Ehtimol, bolalar haqiqatan ham kuchliroq immunitetga ega yoki virus bola tanasiga kirganda kamroq tajovuzkordir, shuning uchun kasallik ko‘pincha alomatsiz bo‘lib, ota-onalar bolani shifokorga olib borishmaydi. Shunga ko‘ra, bolalar orasida kasallanish haqida kamroq xabar qilingan.

Yaqin kelajakda nima uchun bolalar koronavirusdan kasallanishdan himoyalangan holatda qolayotganini tushuntiruvchi aniq izohlarga ega bo‘lamiz.

Nikolay Voronin,
Bi-bi-si rus xizmatining fan va texnologiyalar bo‘yicha muxbiri

Bolalar immuniteti nisbatan qayishqoq va yangi kasalliklarga tez moslashuvchan ekani - ko‘pchilikka ma’lum fakt. Aynan shuning uchun, masalan, qizamiq yoki suvchechak bolalarda oson kechadi, yoshi kattalar uchun esa katta muammolar tug‘diradi.

Biroz avvalroq kanadalik olimlar e’lon qilgan tadqiqotga ko‘ra, bolalar chaqaloqligida to‘qnashgan ilk gripp uning organizmining respirator virus infeksiyalari bilan kurashuvchanlik qobiliyatini belgilab beradi.

Bu esa shuni anglatadiki, epidemiya vaqtida tibbiyot xodimlari qaysidir odam u tug‘ilgan yilda qanday virus tarqalgani haqidagi ma’lumot asosida u bunga qanchalik chidamli bo‘lishini aytib bera olishadi. 

«Odamlarning gripp virusi yoki hatto koronavirusga nisbatan immuniteti infeksiya xavfiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, dastlabki immunitet odamlarni kasallikdan qanday himoyalashi yoki aksincha kasallik qarshisida nechog‘liq ojiz qolishi mavsumiy epidemiyalar yoki yangi epidemiyalar davrida xavf guruhlarini belgilashga yordam beradi», - deya qayd etadi tadqiqot mualliflaridan biri, immunolog Mettyu Miller.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.