Koronavirus bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini sezilarli darajada kamaytiradigan yana bir omil aniqlandi

Koronavirus bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichini sezilarli darajada kamaytiradigan yana bir omil aniqlandi

Boston universiteti tibbiyot fakulteti olimlari qonda normal darajada D vitamini bo‘lgan xastalikka chalingan bemorlarda D vitamini tanqisligi bo‘lgan bemorlarga qaraganda og‘ir holatlar va o‘lim soni kamligini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari “PLOS ONE” jurnalida chop etildi.

Olimlar tomonidan ta’kidlanishicha, tajriba davomida D vitamini yetarli darajada bo‘lgan 40 yoshdan oshgan bemorlar orasida D vitamini yetishmovchiligiga uchraganlarga qaraganda infeksiyadan o‘lish ehtimoli 51,5% ga kam ko‘rsatkich qayd etilgan.

"Ushbu tadqiqot D vitaminining yetarliligi asoratlarni, shu jumladan, sitokin bo‘ronlarini va oxir-oqibat COVID-19 qurboni bo‘lishning oldini olishi bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillarni keltirib chiqaradi", dedi tadqiqot rahbari doktor Maykl Xolik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!