Koreya O‘zbekistonda magistral avtomobil yo‘llari boshqarmasi markazini qurishi mumkin

Koreya O‘zbekistonda magistral avtomobil yo‘llari boshqarmasi markazini qurishi mumkin

Joriy yil 30 maydan 1 iyungacha Seulda Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti (ICAO) tashabbusi bilan «Joriy etishni qo‘llab-quvvatlash global simpoziumi» (GISS) bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiya vakillari ham mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etib, qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Simpozium doirasida Koreya Respublikasi yer, infratuzilma va transport vaziri Xi Reng Von bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda vazirlar transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, unda fuqaro aviasiyasi sohasidagi munosabatlarning ijobiy dinamikasi alohida qayd etildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar. Shuningdek, Ilhom Mahkamov Koreya avtomobil yo‘llari korporasiyasining tezkor magistral yo‘llar boshqarmasi markaziga tashrif buyurdi.

Bugungi kunda ushbu markazda Janubiy Koreyaning magistral avtomobil yo‘llarini (taxminan 5000 km) 24 soat davomida boshqarish va nazorat qilishni amalga oshiradi. Markazga tashrifi yakunida tomonlar O‘zbekiston poytaxtida jamoat transporti sohasida ham xuddi shunday markazni barpo etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!