Komil Allamjonov dahshatli fojiaga yo‘liqqani va bir o‘limdan qolgani haqida yozdi

A A A
Komil Allamjonov dahshatli fojiaga yo‘liqqani va bir o‘limdan qolgani haqida yozdi

Bundan 14 yil avval 3 oktyabr kuni bir o‘limdan qolib, Alloh menga qayta umr bergan kun. 
2006  yil.
Ro‘zai ramazon oylari.  
O‘sha paytlar soliq qo‘mitasi matbuot xizmatida ishlar edim. Bir kuni Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Odilxon Rustamov menga qo‘ng‘iroq qilib, viloyat soliqchilari katta miqdorda noqonuniy aroq ishlab chiqaruvchi sexni aniqlagani va bir yarim tonna spirt mahsuloti qo‘lga olinganini aytib, ushbu holatni matbuotga chiqarib berishni iltimos qildi. O‘sha paytda “Soliq xizmati xabarlari” nomli ko‘rsatuvimiz bo‘lar edi. Tezkor xabarlar yoritilar edi. Va o‘sha ko‘rsatuvga chiqqan har bir holat qonuniy (ya’ni hech kim aralasha olmasdi) hal qilinar edi, chunki bu ko‘rsatuvni qo‘mita raisining shaxsan o‘zi doim kuzatib borardi. Bir so‘z bilan aytganda bizni ko‘rsatuvda chiqqan har bir holatga pirovard natijada qonuniy chora ko‘rilishi shart edi. Men barcha hujjatlarni rasmiylashtirib Xorazmga borishga harakatni boshladim. 

Lekin negadir ishlarim yuravermadi, ruxsat buyruqlari kechikib chiqdi, operator yo‘q, samolyotga chipta umuman topilmayapti. Qandaydir ilohiy kuch hamma ishni to‘xtatishga urinayotgandek. Men esa qaysarlik bilan harakat qilyapman. Juda qiyinchilik bilan chipta topdik, tasvirchi ham topildi. Asqar degan yigitni birga borishga ko‘ndirdim. Xullas yetib bordik Xorazmga. Samolyotdan tushishim bilan sumkamni ochib qarasam atir idishlarim sinib ketibdi. Qalin shisha idish sinishi uchun sumkani qanday qilib otish kerak, deb jahlim chiqdi, lekin indamay boshqarmaga bordik. Barcha holatlarni tasvirga oldik. Aybdorlar, aroqlar joylab qo‘yilgan omborxonalar. Xazorasp tumanida bir yarim tonnalik spirtni borib tasvirga olish qoldi. So‘ng Urganchni tomosha qilgani borishimiz kerak. Soliqchilar balki bormasmiz deyishdi, men yo‘q, borish kerak, ishni oxiriga yetkazamiz va keyin dam olamiz, deb turib oldim. Bordik, hamma holatni tasvirga oldik. Endi ortga qaytish kerak. Xazoraspdan Urganchga qaytyapmiz Tiko mashinasida. Oldimda tasvirchi kamerasi bilan, haydovchi bizning Xorazmdagi xodim Alisher aka. To‘g‘ri uzun yo‘ldamiz. Na chapga va o‘ngga yo‘l, faqat to‘g‘riga. Yo‘lning ikki chekkasi dala. Tezlik 100-110 km/soat. Ro‘paramizda traktor ketyapti, orqasida prisepi bilan. Bir payt o‘sha traktor rulni chapga burib butun yo‘lni to‘sib taqqa to‘xtab qolsa bo‘ladimi. Yo‘l butunlay yopildi. Bizning haydovchi bor vajohati bilan tormozni bosgani bilan, katta tezlikda kelib traktor prisepini baloniga shunaqa urildiki, mashinamiz konserva bankaga o‘xshab g‘ijimlanib ketdi. Ichidagi odamlarning holatini gapirmasa ham bo‘ladi. Alisher akani ko‘krak qafasi ezildi, Asqarni qo‘lidagi kamera qutqarib qoldi, zarbadan faqat kamera sindi xolos. Men esa orqa o‘rindiqda edim va albatta xavfsizlik kamarini ham taqmaganman. Bilasiz, bizda xavfsizlik kamari aslida ko‘proq YPX xodimi ko‘zi uchun taqiladi, orqadagi kamar esa umuman ishlatilmay chang bosib yotadi. Xullas to‘qnashuvda ko‘zimdan olov chaqnab ketdi, oyog‘imning ikki joyi singan va tos suyagi yorilgan, qo‘limning katta vena tomirlari yorilgan, bosh miya chayqalgan. Yana mashina hozir portlab ketadi deb o‘ylab, bor kuchimni to‘plab, mashinadan o‘zimni yerga otdim. Og‘riq kuchidan yerda dodlab yotibman. Yo‘lni qoq o‘rtasi, markazgacha bir soatcha yo‘l. O‘shanda  mashinamiz yaxshiyam traktor baloniga urildi, prisep o‘rtasiga emas. Aks holda kallamiz shappa uzilib ketar edi, tavba qildim. Xullas bizni orqamizda soliqchilar kuzatib yurishgan ekan, baxtimga ular darhol kelib bizni olib ketishdi. Qishloq shifoxonasiga bordik. Ahvol bir balo. Dodlatib, baqir-chaqir bilan amallab rentgen qilishdi va palataga yotqizishdi. Endi palataning ahvoli shunaqa achinarli ediki, buni mendan ko‘ra o‘sha qishloq aholisi yaxshi bilsa kerak. Tepada uzun sim va unga ilinib turgan lampochka, krovat purjinali, harbiy batalyonlardan kelib qolganga o‘xshaydi. Bir payt bir nurli, fayzli shifokor Qadam og‘a kirib keldilar. Ular viloyat travmatologi ekan. Oyog‘ingizning bir-ikki joyi sinibdi, hozir oyog‘ingizga tosh ilib qo‘yamiz, suyak joyiga tushsa gips qilinadi keyin Toshkentga ketaverasiz, dedilar. Uxxx, Xudoga shukr deb sal kayfiyat paydo bo‘ldi. Bir payt duradgor qarindoshimiz Mansur akaning uskunalariga o‘xshagan, simlari ko‘k izolentalar bilan o‘ralgan drel, omburlar olib kirishyapti. Avvaliga biron mixni devorga qoqishsa kerak, deb tursam, hamshira kelib oyog‘imga ukol qildi va o‘sha drel bilan oyog‘imni teshib sim tortib qo‘yishdi. Shifoxonada og‘ir tosh yo‘qligidan ko‘chadagi toshlardan terib kelib, lattaga o‘rab oyog‘imga bog‘lab qo‘yishdi.  Men bo‘ldi, tamom bo‘ldim, meni ataylab o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, o‘lmay qoldim, hozir oxiriga yetkazib qo‘yishadi deb, qaltirab yotibman. Chunki aroq ishlarini tushungan odam yaxshi biladi, o‘sha davrlarda bu biznes deyarli ko‘cha odamlari qo‘lida bo‘lgan. Xorazmda ham shunday edi. Hushimni yo‘qotdim. O‘zimga kelib qarasam, butunlay boshqa reanimasiyada yotibman. Belimdan to oyog‘imgacha gips qilingan, qandaydir simlar, boltlar tanamdan chiqib turibdi. Xullas, bu azobni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Uning ustiga begona joy, tanish odamning o‘zi yo‘q. Uydagilar xavotir olmasin deb hech kimga aytmaganman. Faqat singlim Xurshidaga aytganman, mabodo menga bir narsa bo‘lsa xabaring bo‘lsin, shu yerda yotibman, lekin oyim va adamlarga xozircha aytma, ming kilometr uzoqdaman, eshitib tamom bo‘lishmasin deb, tayinlab qo‘yganman. Kechasi travmatologiya bo‘limi rosa to‘polon bo‘lar ekan, turli singan chiqqanlar, pichoq yeganlar, jarohatlanganlar, dod-voy, baqir-chaqir, xullas, Xudo ko‘rsatmasin hech kimga. Men ham qo‘rquvda tunlari yig‘lab, qaltirab tong otishini kutib o‘tirardim. Qo‘shni palatada beli singan bir ayol uvilllab dodlab chiqardi. Baxtimga Asqar yonimda edi. O‘sha qarab chiqardi kechasi bilan. Shunday qilib reanimasiyada 4-5 kun yotib keyin Toshkentga yuboradigan bo‘lishdi. Qanday transportda yuborishga bosh qotirishdi. Samolyotda ketaman, gipsda 10 soat qanday yetib boraman deb, shu fikrda to‘xtadik. Samolyotga nosilkada olib chiqishdi, amallab ichkariga joylashdi. U samolyotga nosilka mo‘ljallanmagan ekan, boshini oyog‘ini aylantirib kirib oldik. 3 nafar odam o‘tiradigan o‘rindiqqa meni yotqizib, oyoqlarim tagiga baklajkalar bog‘lab qo‘yishdi. Xullas osilib, amallab Toshkentga yetib keldim. Bir o‘zim, bir hamroh ham qo‘shib berishmabdi, menimcha qutilganimizga shukr deb Odil Boqiyevich uchirib yuborgan bo‘lsa kerak, hozir yozib turib, shu joyi tegib ketdi . (Yosh bola edim, qo‘mitada ishlasam ham u davrda matbuot xizmatlarini obro‘si bo‘lmas edi. Kottaroq boshqarmada ishlaganimda balki birga oborarmidi xatto deb o‘ylaganman o‘shanda)Toshkentga qo‘ndik, hamma tushib ketib, bir o‘zim qolib ketsam bo‘ladimi bort ichida. Hoooyy kim bor deb baqirib tursam, harbiylar kirib qolishdi va ko‘tarib pastga tez yordam mashinasiga olib tushishdi bir amallab. Tez yordam ustidan tez yordam, ichi esa kontrabanda tashiydigan xonaga o‘xshaydi, bitta dona benzin kanistri turibdi ichida. U mashina ham aeroport tashqarisiga olib chiqib qo‘ydi va u yerdan o‘sha paytdagi MDS mashinasi qabul qilib olib uyga olib kelib qo‘ygan. Uyga kelganimda ota onam ahvolimni ko‘rganidan yig‘lasa, men eson-omon yetib kelganimga yig‘lardim. Hattoki uyda, yaqinlarim bag‘rida jon berishga ham tayyor edim. Shunday qilib, 6 oy krovatga mixlandim. Suyaklar ham yaxshi bitdi. Keyin bilsam Xorazmlik travmatologlar respublikada eng ilg‘or, Qadam og‘a esa eng kuchli mutaxassis ekan. Xudoga ming shukr, mana 14 yil bo‘lsa ham haligacha og‘riq umuman yo‘q. O‘sha paytda bu ish tagiga bir kun yetaman, bir kun baribir voqeani asl sabablarini o‘rganaman deb yurar edim. Chunki bu holatdan keyin bir qancha vaqt o‘tib, viloyatda ancha odamlar qamaldi. Lekin baribir nima bo‘lganini haligacha tushunib yetmadim. Rizqim bor ekan, Allohga shukr shu kungacha yetib kelib, hayotimda yana qanchadan-qancha voqealar bo‘lib ketdi. Shuning uchun ham avtohalokatlarni ko‘rsam seskanib ketaman. Bizda statistika yaxshi emas bu borada. Bu soha allaqachon pandemiya darajasiga kelib qolgan. Chunki o‘limlar soni yiliga 2 mingdan oshadi deb eshitdim. Nima bo‘lganda ham barchaga sog‘liq tilayman. Sog‘liq bo‘lsa, har qanday muammoga ham yechim topiladi.

Komil Allamjonov, 

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.