Komi Respublikasi fuqarosi internetdagi izoh sabab qamoqqa olindi

Komi Respublikasi fuqarosi internetdagi izoh sabab qamoqqa olindi

Tarix fani o‘qituvchisi Nikita Tushkanovning hibsga olingani yaqin kishisi tomonidan tasdiqlandi.

U terrorizmni oqlaganlikda gumon qilinmoqda. Bunga Qrim ko‘prigi portlashi aks etgan fotosurat va sodir bo‘lgan voqeaga ijobiy baho berilgan post sabab bo‘lgani aytildi. Ta’kidlanishicha, ish materiallarida Qrimning anneksiya qilinishi haqida so‘z yuritilgan izohlar mavjud.

Iyul oyida 7x7 nashri Nikita Tushkanov urushga qarshi posti uchun 30 ming rubl jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi, ammo apellyasiyadan so‘ng ma’muriy ish bekor qilingan. 2021 yilda Nikita Tushkanov Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun bir kishilik piket bilan chiqqani uchun maktabdan haydalgan.

Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng, Tukanov bir necha bor Rossiya tajovuziga qarshi chiqdi, deb ta’kidlaydi Dojd nashri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!