Kirish imtihonlariga majburiy fanlar nega qo‘shildi? DTM boshqarma boshlig‘i izoh berdi

A A A
Kirish imtihonlariga majburiy fanlar nega qo‘shildi? DTM boshqarma boshlig‘i izoh berdi

Prezidentning may oyidagi qaroriga asosan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar OTMga kirish uchun 5ta fandan imtihon topshiradi.

Savollar majmuasining birinchi bo‘limiga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3ta fan: ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari kiritiladi. Ikkinchi bo‘limdagi savollar esa tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan iborat bo‘ladi.

Majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari uchun 2,1 baldan (jami 94,5), ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari uchun 3,1 baldan (jami 186) berilishi nazarda tutilmoqda. Bunda abituriyent to‘plashi mumkin bo‘lgan umumiy ball 280,5ni tashkil qiladi.

Kun.uz muxbiri yangi tartib yuzasidan to‘liqroq ma’lumot olish uchun Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Sevara Zuparxodjayeva bilan suhbatda bo‘ldi.

– Test tizimiga bunday o‘zgartish kiritilishining asosiy sababi nima?

– Biz xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda ulardan imkon qadar ta’lim tizimimizga mos bo‘lgan va ta’limimizning rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan jihatlarni o‘zlashtirishga harakat qilyapmiz. Jumladan, o‘tgan 2017-2019 o‘quv yilida DTM xodimlari  Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi bir qancha davlatlarda bo‘lib, ularning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tizimini o‘rganib chiqdi.

Ayrim xorijiy davlatlar tajribasida kirish imtihonlariga ona tili va matematika kiritilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Yoki Turkiya kabi boshqa qator davlatlarda davlat tarixidan imtihon topshirish belgilab qo‘yilgan.

Bizda ham matematika, ona tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan kirish imtihonlarida majburiy test olinishining asosiy maqsadlaridan biri – bitiruvchilarning dunyoqarashini kengaytirishdir.

Oxirgi yillarda abituriyentlar orasida maqsadli kirish imtihonlariga tayyorlanganda, afsuski, faqat 2ta, hatto faqat birinchi blokdagi fanni yaxshi o‘zlashtirib, talaba bo‘laman, degan qarash shakllanib qoldi.

Uchinchi blokdagi fandan tayyorlanmasdan ham, tavakkalchilik asosida talaba bo‘lganlar ham bor. Ularni omadi kelganlar deb atashimiz mumkin. Shuningdek, tavakkalchilarni «stolbachilar» deb ham atashadi.

Bu yerda yangilik o‘quvchilarimiz faqat bitta fannigina o‘rganib, OTMga kirishini emas, balki ularning dunyoqarashi kengroq bo‘lishiga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Ular umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlarni teng ravishda o‘rganib borishlari kerak.

Testlar davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan reja va dastur asosida tuziladi. Abituriyentdan esa fanlarga bir xil yondashib tayyorlanish talab qilinadi.

Albatta, o‘quvchilar yuqori sinflarda chuqurlashtirilgan holda o‘ziga kerakli fanni o‘rganishi mumkin. Lekin bola umumta’lim maktabida belgilangan dasturni o‘rganib, to‘laqonli har tomonlama rivojlangan bo‘lib maktabni bitirishi zarur. Mana shu nuqtayi nazardan, xorijiy tajribani o‘rgangan holda va bitiruvchilarimizning dunyoqarashi har tomonlama keng bo‘lishi lozimligini inobatga olib, OTMlarga kirish imtihonlariga majburiy fanlar bo‘limi qo‘shildi.

Davlat test markazi 5ta fan yuzasidan loyiha ishlab chiqib, uni ishchi guruh muhokamasidan o‘tkazdi. Ishchi guruh tarkibida Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etishgan. Bundan tashqari, 17ta qator tegishli vazirlik va idoralarga ham loyihani yuborib, ularning ham takliflarini oldik.

Bunda biz bola maktabda o‘tilgan fanlarni o‘qisin, o‘rgansin degan maqsadni ko‘zda tutganmiz. Bu, shuningdek, tavakkalchilikning oldini olishga ham qaratilgan.

– Kirish imtihonlariga majburiy fanlardan test topshiriqlarining kiritilishi bilan abituriyentlarning dunyoqarashini kengaytirish fikri qanchalik asosli va kelajagi bor deb o‘ylaysiz?

– Bunda faqat testning o‘zini nazarda tutish kerakmas, chunki bola testga tayyorgarlik ko‘rish uchun ham fanni mas’uliyat bilan o‘rganishi kerak bo‘ladi. 

Qo‘shimcha 3ta fandan test topshirilishi ko‘pchilikka yangilik va o‘ta qiyinday tuyulmoqda. Biroq majburiy fanlar bo‘limidagi testlar, avvalo, o‘quv dasturlariga binoan va ancha sodda tarzda, abituriyentning umumiy savodxonligi, mantiqiy fikrlashi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan, birinchi qiyinlik darajasida bo‘ladi.

– Ba’zi yo‘nalishlarda majburiy va asosiy blok fanlarida takroriylik kuzatilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Masalan, Iqtisodiyot universitetida o‘qishni xohlagan abituriyent matematika fanidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ham, majburiy fanlar bloki doirasida ham test ishlaydi. Lekin tibbiyot yo‘nalishiga topshirgan bolada bunday imkon bo‘lmaydi. Bu abituriyentlar o‘rtasida tengsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘lmaydimi?

– Aytishim mumkinki, matematika juda ko‘p fanlar uchun asos bo‘lishini bilamiz. Bu fan insonni fikrlashga o‘rgatadi. Uni yaxshi bilgan bola kimyo, fizika va hatto ona tilidagi savolni ham ishlay oladi.

Garchi bitta fan takrorlansa-da, lekin ularning qiyinlik darajasi bir-biridan farq qiladi. Masalan, majburiy blokdagi tarix fani savollari birinchi qiyinlik darajasida bo‘lsa, yo‘nalish fanlar blokidagi testlar esa ikkinchi va uchinchi murakkablik darajasidagi savollardan iborat bo‘ladi.

Zilola G‘aybullayeva suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.