Kim Chen In yana muqaddas toqqa yo‘l oldi

Kim Chen In yana muqaddas toqqa yo‘l oldi

KXDR yetakchisi Kim Chen In oq otida koreyaliklar uchun muqaddas bo‘lgan Pektusan tog‘iga ko‘tarildi. U oktyabr oyida ham bunday safarni amalga oshirgan edi.

 Shimoliy Koreya lideri muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin Pektusanga ko‘tarilishni odat qilgan.

Kim Chen In Pektusanga 4 dekabr kuni Koreya inqilobiy va harbiy shuhrati aks etgan maskanni ko‘rish uchun keldi, deb xabar qildi STAK axborot agentligi.

KXDR lideriga xotini Li Sol Chju va harbiy qo‘mondonlar hamrohlik qildi. Tog‘da Ikkinchi jahon urushida yapon interventlariga qarshi kurash olib borgan partizanlar lageri joylashgan.

Kim Chen In "Shimoliy Koreya yoshlari Pektu inqilobi qadriyatlari asosida buyuk g‘oya va ruh bilan qurollanishi kerak" dedi.

Kim Chen In ilgari Pektusan tog‘iga mamlakat boshlig‘i lavozimida o‘ta og‘ir vaziyatlarda ko‘tarilgan: 2013 yil fevral oyida amakisi Chan Son Tayek qatl qilinishidan oldin, 2014 yil noyabr oyida otasining vafoti uchinchi yilligi arafasida, 2017 yil dekabr oyida Janubiy Koreya bilan munosabatlarni o‘rnatish arafasida.

Pektusan tog‘i KXDRni boshqarayotgan sulola uchun ham muqaddasdir. Aytilishicha, Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir ham shu yerda tug‘ilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!