Kim Chen In: Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilarining harakatlari yangi sovuq urushga olib keladi

AQSh va Vashington ittifoqchilarining harakatlari butun dunyoda yangi sovuq urushga olib kelmoqda, dedi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In.
“Hozirda hukmronlikka bo‘lgan ishtiyoqi va ekspansionistik xayollarni ro‘yobga chiqarishga intilayotgan imperialistik reaksion kuchlar tufayli “ikkinchi sovuq urush” tuzilmasi global miqyosda amalga oshirilmoqda”, — deya Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Uning qayd etishicha, suveren davlatlarning mavjudligi tahdid ostida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)