Karantin: talabalardan iborat ko‘ngillilar jamoalari tuziladi

Karantin: talabalardan iborat ko‘ngillilar jamoalari tuziladi

O‘zbekistonda tibbiyot va harbiy oliy o‘quv yurtlari talabalaridan iborat ko‘ngillilar jamoalari tuziladi. Bu masalaga Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida to‘xtalib o‘tildi.

"Daryo"ning yozishicha, ushbu jamoalar tomonidan karantin davrida yolg‘iz keksalar, boquvchisi yo‘q oilalarga hamda olis hududlarga oziq-ovqat, gigiyena va dori vositalari yetkazib berishni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha yengilliklar doirasida aholiga tovarlarni yetkazib berish hamda tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun lisenziya olish talabi vaqtincha bekor qilinishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!