Karantin! Jinoyat sodir etgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Karantin! Jinoyat sodir etgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Sudlanuvchi B.N.M. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, urib-do‘pposlab, jabrlanuvchining badaniga yengil shikast yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Jumladan, u 2019 yil 23 noyabr kuni soat taxminan 18:30 larda jamoat joyi hisoblangan Buxoro shahar ....... ko‘chasida joylashgan Buxoro avtoshoxbekat tashqi tomonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan Buxoro shahar avtoshoxbekatda turgan akfadan ishlangan do‘kon shisha va eshiklarini hamda do‘kon ichida bo‘lgan kompyuter jamlanmasini sindirib, jami 3.060.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, ushbu do‘kondan chiqib kelgan fuqaro R.B.E.ni yuz qismiga qo‘li bilan qasddan urib, STEIAM ....... filialining 2019 yil 25 noyabr kunidagi .... sonli xulosasiga ko‘ra sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga olib kelmaydigan yengil tan jaroxati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Sudlanuvchi B.N.M. o‘zining qasddan sodir qilgan jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan.

Sudlanuvchi N.B. sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, u 2019 yil 23 noyabr kuni soat taxminan 18:30 larda Buxoro shahar ...... ko‘chasida joylashgan Buxoro avtoshoxbekat tashqi tomonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda, jabrlanuvchi avtoshoxbekatda turgan akfadan ishlangan do‘kon shisha va eshiklarini hamda do‘kon ichida bo‘lgan kompyuter jamlanmasini sindirganini, ushbu do‘kondan chiqib kelgan jabrlanuvchi R.B.E.ni yuz qismiga qo‘li bilan qasddan urib, tan jarohati yetkazganini, yetkazgan tan jarohati uchun undan kechirim so‘raganini, jabrlanuvchi B.R.ga yetkazilgan 3.060.000 so‘m qoplamoqchi bo‘lganida, jabrlanuvchi B.R yetkazilgan moddiy zarardan voz kechganini, qilmishidan pushaymonligi, unga yarashuv huquqi tushuntirilganini, jabrlanuvchi bilan yarashishga rozi ekanini, uni oilaviy sharoitini, qaramog‘ida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olgan holda, unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Jabrlanuvchi B.R. sudda o‘z ko‘rsatuvida, u 2019 yil 23 noyabr kuni soat taxminan 18:30 larda Buxoro ....... ko‘chasida joylashgan Buxoro avtoshoxbekat har doimgidek ish faoliyatini olib borayotgan vaqtida, keyinchalik ismini bilgan sudlanuvchi N.B.spirtli ichimlik iste’mol qilgan mast holatda, avtoshoxbekatda turgan akfadan ishlangan do‘konining shisha va eshiklarini hamda do‘kon ichida bo‘lgan kompyuter jamlanmasini sindirib, uni yuz qismiga qo‘li bilan qasddan urib, tan jarohati yetkazganini, yetkazilgan moddiy zarardan voz kechishini, yarashuvga rozi emasligini, sudlanuvchi N.B.ga nisbatan da’vosi borligini, unga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.

         Bundan tashqari, sudlanuvchi N.B.ning aybi o‘zining dastlabki tergovda hamda sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘lib bergan ko‘rsatuvlaridan tashqari, xabarnoma, jabrlanuvchining arizasi, tushuntirish xatlari, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, narsani ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, yuzlashtirish bayonnomalari, fotoillyustrasiya, guvohning ko‘rsatuvlari va jinoyat ishida to‘plangan boshqa dalillar bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan deb hisoblaydi.

Sudlanuvchi B.N.M. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
277-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib qilmishiga yarasha va shaxsiga mos jazo tayinladi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha                             

Buxoro shahar sudi sudyasi                                        A.A.Jabborov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!