Kanada ukrainalik qochqinlar uchun “havo ko‘prigi” ochdi

 Kanada ukrainalik qochqinlar uchun “havo ko‘prigi” ochdi

Kecha Ukrainadan kelgan qochqinlar bo‘lgan birinchi samolyot Kanadaga, Nyufaundlend oroliga yetib keldi.

Kanada teleradiokompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 166 nafar qochoq, jumladan 55 nafar bola bo‘lgan samolyot Polshaning Katovise shahridan kelgan.

Qochqinlarni Nyufaundlend gubernatori Endryu Fyuri kutib oldi.

Kanada hukumati aprel oyi o‘rtalarida ukrainalik qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha maxsus dasturni e’lon qilgandi. Ushbu dasturga ko‘ra, ukrainaliklar Kanadaga oldindan vizasiz kelishlari, mamlakatda uch yil muddatga yashash va ishlash uchun ruxsatnomalarni olishlari mumkin.

Kecha Kanadaga yetib kelgan qochqinlar hukumat homiyligidagi havo ko‘prigining birinchi yo‘lovchilari, biroq Kanadada allaqachon minglab ukrainalik qochqinlar bor.

Ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Kanadaga 19 ming Ukraina fuqarosi kirgan va hukumat mart oyi o‘rtalaridan beri ukrainaliklarning 90 ming viza arizasini ma’qullagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!