Kamola Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Kamola Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Kamola Shavkatovna Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda xabar.uz xabar berdi.

U AKT vazirligida yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Kamola Shavkatovna Sobirova (Rahmonova) 1983 yil 13 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Faoliyatini 2001 yili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda mas’ul vazifalarda davom ettirgan. Tayinlovga qadar «Artel» kompaniyasi matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlagan.

U rus, ingliz va ispan tillarini biladi. Oilali. 4 nafar farzandi bor.

Qayd etish lozim, vazirlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Axmatov o‘z lavozimida faoliyatini davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!