Jizzaxdagi ko‘lda noyob saqoqush ovlandi

Jizzaxdagi ko‘lda noyob saqoqush ovlandi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi ko‘lda noyob saqoqush ovlandi. Tabiat resurslari vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimi bo‘limi inspektorlari olib borgan tezkor tadbirda holat shu ko‘lda sodir bo‘lgani va fuqaro E.D. saqoqushni qarmoq bilan ushlab, nobud qilgani aniqlangan.

Mazkur holatda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari talablari buzilgan.

Saqoqush (pelikan) O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tur bo‘lganligi sababli huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tegishli prokuratura organlariga taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!