Jizzaxda muqaddam sudlangan shaxs qayta jinoyat sodir etdi

Jizzaxda muqaddam sudlangan shaxs qayta jinoyat sodir etdi

Shu yil 25 sentyabr kuni noma’lum shaxs Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida joylashgan “Paynet” shahobchasi eshik qulfini buzib kirib, u yerdan bir dona kompyuter jamlamasini o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan N.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!