Jinlar haqida nimalarni bilmog‘imiz zarur?

A A A
Jinlar haqida nimalarni bilmog‘imiz zarur?

Mo‘min-musulmonlar «jin» deb ataluvchi maxluqotlar borligiga iymon keltiradilar. Ularni oddiy holatlarda ko‘rib bo‘lmaydi. Biz ular haqidagi ma’lumotlarni eng ishonchli manbalar: Qur’oni Karim va hadisi shariflardan olamiz. Qur’oni Karim nozil bo‘layotgan paytda arab qabilalari jinlarga xudolar deb e’tiqod qilishardi. Ular jinlarning nasabi Alloh taologa yetib boradi, Uning jinlardan sheriklari bor, degan buzuq e’tiqodga ham bo‘ysunishardi.

Shuningdek, arablar «Jinlar g‘oyibdan xabardor, folbin va munajjimlarga osmon sirlarini aytib turishadi», degan o‘yda edilar. Arablarda jinlarning hukmi yer yuzida o‘tadi, degan xomxayol bo‘lib, agar ulardan birortalari biror joyga borib, yotib qolmoqchi bo‘lsa, «Ushbu joyning xo‘jayin jinidan panoh so‘rayman» degan duoni o‘qishardi.

Bizning yurtlarda ham yuqorida aytilganga o‘xshash turli-tuman buzuq, bid’at-xurofotdan iborat tushunchalar mavjud va ularga giriftor bo‘lganlar bu yolg‘on e’tiqodga bo‘ysunishadi. Ayniqsa, keyingi paytda kishilarda ruhiy bo‘shliq haddan tashqari ziyoda bo‘lganidan bu ma’nodagi gap-so‘zlar nihoyatda ko‘payib ketdi.

Shu bilan birga, qadimda ham, hozirda ham jinlarni butunlay inkor etadiganlar bor. Ular jin haqidagi har bir so‘zni afsona, bekorchi gap, deyishadi. Jinlar haqidagi hodisalarning guvohi bo‘lgan kishilarni jinniga chiqarishadi.

Islom esa jin haqida xuddi boshqa masalalardagi kabi asl haqiqatni bayon qiladi. Islom jin borligini isbotlab, bu haqdagi to‘g‘ri tasavvurni bayon qilib beradi, noto‘g‘ri tushunchalarni rad etadi. Shu bilan birga, jinlardan kutiladigan mavhum qo‘rqinch va xavfu xatarni ham rad etadi.

Jinlar haqiqatda bor mavjudotlar bo‘lib, asli olovdan yaratilgan. «Jin» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «to‘silgan» degani, ya’ni odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa. Shu sababli ham u insonlarga ko‘rinmaydi. Ular o‘zlari ko‘rinmay turib, bizlarni va boshqa narsalarni ko‘rishlari, shu bilan birga, turli shakllarga kirishlari ham mumkin. Ularning ichida ham xuddi odamlarga o‘xshab iymonsiz-iymonli, yaxshi-yomon, adashgan va hidoyatda yurganlari bor. Jinlardan ham Qur’onga, Payg‘ambar alayhissalomga iymon keltirib, yaxshi yo‘lda yurganlari jannatga, iymonsiz bo‘lib, yomon yo‘lda yurganlari do‘zaxga tushadilar. Ular odamlarga hech qachon yordam bera olmaydilar va g‘oyib sirlarini bilmaydilar, chunki Qur’oni Karim nozil bo‘lganidan so‘ng ular bu xislatlardan mahrum bo‘lishgan. Jinlarning Alloh taolo bilan nasab yo‘lidagi bog‘liqligiga kelsak, bu haqdagi har qanday fikrlar g‘irt tuhmatdir.

Saba’ surasida bir guruh jinlar Sulaymon alayhissalomga xizmatkor bo‘lganlari, u zot hassaga suyanib turib vafot etganliridan so‘ng ham «u tirik, bizni kuzatib turibdi», deb o‘ylab, mashaqqatli ishda davom etganlari haqida oyatlar bor.

Islomdan oldingi vaqtda jinlar osmonga chiqib, farishtalarning o‘zaro suhbatlarini, jumladan, yaqin kunlarda sodir bo‘ladigan ba’zi ishlar haqidagi ma’lumotlarni ham yashirin eshitib, yerdagi folbinu munajjimlarga birga o‘nni qo‘shib yetkazishlari, keyinchalik uchqunlar otilib, ularni bu ishdan to‘sgani, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bomdod namozida qiroat qilayotganlarini eshitib, «Bizdan osmon xabarini to‘sgan narsa shu», deb o‘z qavmlariga qaytib, bo‘lgan hodisani aytganlari, shunda Alloh taolo O‘z Payg‘ambariga Jin surasini nozil qilgani haqida yuqorida batafsil aytib o‘tildi.

Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘nta surada qirqqa yaqin oyat bor. Alohida butun boshli bir sura «Jin surasi» deb nomlangan.

Qur’oni Karim va Sunnatda kelgan dalillarni sinchiklab o‘rganib chiqqan ulamolarimiz quyidagi xulosalarni aytganlar:

1. Jinlar olovdan yaratilgan maxluqotlardir.

Alloh taolo Rohman surasida marhamat qiladi:

«Va jinlarni o‘tning alangasidan yaratdi» (15-oyat).

Alloh taolo jinni tutuni yo‘q olovdan yaratdi. Oyatdagi «maarijin» so‘zi shuni anglatadi. Jinning olovdan yaratilishi insonning ilm doirasiga kirmaydigan narsa. Buni bizga bildiruvchi yagona manba Qur’ondir. Biz ushbu xabarga iymon keltirishimiz lozim. Bu jarayon qanday kechganligini Allohning O‘zi biladi. Bizga keng­roq bildirishni xohlamagan ekan va bizdan bilish ilmini talab qilmagan ekan, bekorga ovora bo‘lishimizning hojati yo‘q.

Iblis ham o‘zining olovdan yaratilganini esga olgan. Bu haqda A’rof surasida quyidagilar aytilgan:

«U Zot: «Senga amr etganimda, sajda qilishingdan nima to‘sdi?» dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni o‘t-olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding», dedi» (12-oyat).

Alloh taolo O‘z amrini bajarmagan, Odamga sajda qilmagan Iblisdan:

«Senga amr etganimda, sajda qilishingdan seni nima to‘sdi?» deb so‘raganida, u «Tavba qildim, xato qilibman», deyish o‘rniga:

«Men undan yaxshiman, meni o‘t-olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding», dedi».

Uning fikricha, olov loydan ko‘ra yaxshi ekan.

2. Jinlar insonlardan oldin yaratilgandir.

Alloh taolo Hijr surasida marhamat qiladi:

«Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik» (27-oyat).

Jinlardan murod, ularning asli Iblisdir. Odam alayhissalom insonlarning asli bo‘lgani kabi, Iblis alayhila’na ham jin va shaytonlarning aslidir.

«Samum» so‘zi lug‘atda olov kabi issiq shamolni anglatadi. Shuningdek, jahannam issig‘i ham samum deyiladi. Iblisning asli ana shunday narsadandir. Mana shu yerda jinlarning odamlardan oldin yaratilgani qayd etilmoqda.

3. Jinlardan nasl qoladi, ularning zurriyoti bor.

Alloh taolo Kahf surasida marhamat qiladi:

 «Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, sajda qildilar. Iblis mustasno. U jindan bo‘lgan edi. U o‘z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar Meni qo‘yib, uni va uning zurriyotlarini do‘st qilib olasizlarmi?! Holbuki, ular sizlarga dushman-ku! U zolimlar uchun naqadar yomon badaldir» (50-oyat).

Bu oyati karimada Iblis jindan bo‘lgani va uning zurriyotlari borligi zikr qilinmoqda.

4. Jinlar bizni ko‘radilar, biz ularni ko‘rmaymiz.

Alloh taolo A’rof surasida marhamat qiladi:

«Ey Odam bolalari! Shayton ota-onangizni avratlarini o‘zlariga ko‘rsatish uchun ustilaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning to‘dasi sizni siz ko‘rmaydigan tomondan ko‘radi. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do‘st qilganmiz» (27-oyat).

Demak, jinning imkoniyatlari insonnikiga nisbatan ko‘proq. Inson shaytonni ko‘rmaydi, ammo u insonni ko‘radi. Bu esa o‘z navbatida, unga qo‘shimcha imkoniyat beradi, insondan esa qo‘shimcha hushyorlik talab qilinadi. Chunki ochiq-oydin dushman bo‘lgan shaytonning yomonligidan doimo ehtiyot bo‘lib turish kerak. Buning uchun kuchli iymon va sof e’tiqod zarur.

5. Jinlar iroda va ixtiyorli, ilm va ma’rifatga qobiliyatli, iymon va ibodatga taklif qilingan hamda kufr va isyondan qaytarilgan maxluqotlardir.

Alloh taolo Zariyat surasida marhamat qiladi:

«Jin va insni faqatgina Menga ibodat qilishlari uchun yaratdim. Ulardan rizq iroda qilmasman va Meni taomlantirishlarini ham iroda qilmasman» (56-57-oyatlar).

Demak, inson kabi jin ham Alloh taologa ibodat qilishi lozim.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.